Qachon «prava»ga o‘qisa bo‘ladi? Avtomaktablar faoliyati haqida ma’lumot berildi
Barcha hududlarda avtomaktablar faoliyati tiklandimi? Pandemiya sharoitida ularga faoliyati olib borish uchun qanday shartlar qo‘yildi?
AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ushbu savolga javob berdi:
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 1 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilgan.
Bunda, nazariy mashg‘ulotlar masofadan turib onlayn o‘qitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashg‘ulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim.
Ta’lim inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan pandemiya sharoitida ushbu tashkilotlar faoliyatini qanday ko‘rinishda yo‘lga qo‘yish va sifatli ta’lim berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchilarga masofadan turib o‘qitish imkoniyati bo‘lgan tashkilotlargina ish boshlashi lozimligi tushuntirildi. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan belgilangan talablarga amal qilmagan tashkilotlarga ma’muriy javobgarlikdan tashqari litsenziyasi bekor qilishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanilishi mumkinligi tushuntirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter