Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osori atiqalar kushandasi 5,1 mln dollarlik buyumlarni sindirdi

Osori atiqalar kushandasi 5,1 mln dollarlik buyumlarni sindirdi

Foto: «Hollywood Unlocked»

Dallas (AQSh, Texas shtati) politsiyasi San’at muzeyidagi buyumlarni  sindirgan 21 yoshli Brayan Ernandesni hibsga oldi, deb xabar berdi NBC.

Eksponatlar qadimiy va noyobligidan tashqari, o‘ta qimmat turishiga bezorining fahmi yetganmikan?..
Foto: «Fox 4 News»

Ernandes muzeyga qorong‘u tunda, yashirinchi kirgan. Bezori qadimiy yunon amforasi, kosasi va tuvagini hamda hind sopol buyumini urib sindirgan. Buyumlarning umumiy qiymati — 5,1 mln dollar atrofida.

Muzey qo‘riqchilari Ernandesni tutib olib, politsiyani chaqirishgan. Unga o‘ta yirik miqdorda qasddan zarar yetkazish ayblovi qo‘yildi. Qadimiy buyumlar kushandasi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Yaqinda Luvrdagi mashhur «Mona Liza» suratiga eko-bezori tort chaplagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring