Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar qahvaning kutilmagan muhim foydasini oshkor qilishdi

Olimlar qahvaning kutilmagan muhim foydasini oshkor qilishdi

Qahva yoki kofein o‘z ichiga olgan ichimliklarni me’yorida iste’mol qilish kardiometabolik kasalliklarni rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Xitoy va Shvetsiya olimlari 37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 350 mingdan ortiq odamning ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelishdi. Tahlil qilingan shaxslar o‘sha vaqtda hech qanday kardiometabolik kasalliklardan aziyat chekmagani ma’lum bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 200 dan 300 milligrammgacha kofein iste’mol qilgan (o‘rtacha uch porsiya kofe) odamlar 2-toifa qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va insult kabi kasalliklardan kamroq aziyat chekishadi. Kardiometabolik kasalliklar yuqoridagi holatlarning kamida ikkitasining kombinatsiyasi deb hisoblanadi.

Modellashtirish turli xil sharoitlarda o‘tkazildi va natija qahva yoki kofeinni o‘rtacha iste’mol qilish va kardiometabolik kasalliklarni rivojlanish xavfi o‘rtasidagi salbiy bog‘liqlikni tasdiqladi, deb yozadi Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism jurnali.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qahva, choy va kofeinni iste’mol qilish va kardiometabolik kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring