Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalliq o‘g‘irlash fojiali yakunlandi

Qalliq o‘g‘irlash fojiali yakunlandi

Foto: Zakon.kz

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida ikki tomonning roziligi bilan an’anaviy marosim doirasida o‘g‘irlangan 20 yoshli qiz YTH oqibatida halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, to‘y korteji, ular orasida kelin va kuyov o‘tirgan mashina ham bo‘lgan, yo‘lda harakatlanish qoidalarini buzgan. Avtomobillar o‘zaro poyga o‘ynagan, ularning biri turtib yuborishi oqibatida Mercedes-Benz mashinasi ag‘darilib ketgan.

«YTH oqibatida Mercedes Benz yo‘lovchilaridan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi va yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga joylashtirildi. Aybdor haydovchi vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Hodisa yuzasidan sudgacha tergov o‘tkazilmoqda», — deyiladi Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring