Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovoni yopildi. Vodiydan boshqa viloyatlarda yashovchi fuqarolar chiqib ketishi mumkin

«Qamchiq» dovoni yopildi. Vodiydan boshqa viloyatlarda yashovchi fuqarolar chiqib ketishi mumkin

«Qamchiq» dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati tomonidan xabar berilgan.

«Farg‘ona viloyatini qo‘shni viloyatlar va chegaradosh davlatlar bilan bog‘lovchi barcha yo‘llarda vaqtinchalik karantin postlari tashkillashtirilganligi haqida xabar bergan edik. Xozirgi vaqtga kelib, xavfli virusning tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi «Qamchiq» dovonida ham vaqtincha transport vositalari harakati cheklandi.

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi. Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z xissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring