«Qamchiq» dovonida yuzaga kelgan tirbandlik sababi ma’lum qilindi
A373 «M39 a/y. —Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh» avtomobil yo‘lining 245- km. qismi «Vodiy—Toshkent» yo‘nalishida yuk avtotransport vositasi nosozligi sababli avtotransport qatnov qismida to‘xtab qolgan.
Shu sababli avtotransportlar harakati sekinlashgan.
Ayni vaqtda tegishli tashkilotlar bilan vaziyat bartaraf etilgan va avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
«Qamchiq» dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini» tavsiya qildi «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter