Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Olmazor tuman ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 21-noyabr kuni jiyani 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 moddasi («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring