Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida shifoxona sanitar-xodimasi lift shaxtasiga tushib ketib vafot etdi

Qarshida shifoxona sanitar-xodimasi lift shaxtasiga tushib ketib vafot etdi

Qarshi tumani Qoratepa mahallasida yashovchi ayol 3-avgust kuni Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga qarashli «Temiryo‘l» shifoxonasida baxtsiz hodisa sabab vafot etdi.

Aniqlanishicha, 8 yildan buyon mazkur shifoxonada orastabonu vazifasida ishlab kelayotgan 38 yoshli ayol o‘sha kuni o‘z ish joyiga keladi va doimgiday ish faoliyatini davom ettiradi. Tush paytida esa, taxminlarga ko‘ra, ayol shifoxona liftidan foydalanish uchun lift shaxtasiga o‘rnatilgan eshikka boradi va ishlamayotgan lift shaxtasiga tushib ketadi.

Bu orada, ishxonada ko‘rinmay qolgan orastabonuni qidirish boshlanadi. 38 yoshli ayolning jasadi u yo‘qolib qolganidan qariyb 20 soat o‘tib, lift shaxtasidan topiladi.

Mazkur shifoxona shifokorlaridan birining «Markaziy studiya» dasturiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, lift operatori og‘ir ahvoldagi bemorlarni tashish zarurati tug‘ilgandagina liftdan foydalanib kelgan.

Marhumning uch farzandi qoldi, eri Rossiyada ishlaydi.

Mazkur holatda shifoxona ma’muriyatiga beriladigan qator savollar paydo bo‘lmoqda. Xo‘sh, lift nosoz bo‘lsa, nega uning eshiklari ochiq qoldirilgan? 8 yildan buyon shu shifoxonada ishlagan ayol liftlarning «faqat og‘ir bemorlar uchun ishlashi»ni bilmaganmi? Shunday bo‘lgan taqdirda ham nega lift ishlamagan vaqtda eshiklariga ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmagan?..

Hozir huquq-tartibot idoralari xodimlari holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring