Qarshidagi tashkilot binosiga zaharli ilon kirib qoldi
![Qarshidagi tashkilot binosiga zaharli ilon kirib qoldi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_2556050675.png)
Qarshi shahridagi AMU-Qashqadaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasining 3-qavatidagi xonalarining biriga uzunligi taxminan 1,5 metr keladigan ilon kirib qoldi.
Bu haqda Qashqadaryo viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/50/mwj6CBZzjBzfB9V3-nCD8QvLepeA2fXy.png)
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, ilonni tutib, xavfni bartaraf qildilar. Ilon tabiatga qo‘yib yuborildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter