Qashqadaryoda 3-bosqichdan o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilmoqda.
Unda fuqaro G‘.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘istondagi universitetlardan birida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter