Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ona-bola firibgarlar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda ona-bola firibgarlar qo‘lga olindi

Qashqadaryolik ona va uning qizi – X.Z. hamda T.I.lar Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilib jami 11 nafar fuqaroni chuv tushirgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda

Jabrlanuvchi fuqarolar ona-bolaga bu xizmatlari uchun 100 – 700 AQSh dollari bergan.

Surishtiruvda ularning jami 11 nafar fuqarolardan 4 300 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, T.I.ning 2021 yil 1 va 2 aprel kunlari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, SMS xabar yozib, yuqoridagi fuqarolarni ism- familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgani aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring