Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘quvchilarni yo‘l tozalashga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

Qashqadaryoda o‘quvchilarni yo‘l tozalashga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi

Foto: «Google.com»

Qashqadaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maktab o‘quvchilari yo‘l bo‘yi va ariqlarni tozalash uchun olib chiqilgani haqidagi videolavhada ko‘rsatilgan holatni tekshirdi. Tekshiruv holat sodir etilgan joyda amalga oshirildi.

Tekshirish yakunlari bo‘yicha maktab o‘quvchilarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilganligi uchun Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 75-sonli maktab direktori Musulmanov Baxriddin MJtKning 51-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan EKIH 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, Inspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida shu kabi kamchiliklarga yo‘l quymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring