Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda to‘yda kelin-kuyovning qarindoshlari ommaviy mushtlashuv sodir etishdi

Qashqadaryoda to‘yda kelin-kuyovning qarindoshlari ommaviy mushtlashuv sodir etishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yoshlar to‘yda ommaviy mushtlashuv uyushtirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 2 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi to‘yxonada sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, mushtlashuvda kelin-kuyovning do‘stlari va qarindoshlari ishtirok etgan.

Mazkur hodisaning 11 nafar ishtirokchisiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, voqeadan keyin tomonlar uchrashib, bir-birlariga qarshi yozilgan arizalarni qaytarib olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring