Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda uch kunlik firma 2,6 milliard so‘mlik tenderda g‘olib chiqdi

Qashqadaryoda uch kunlik firma 2,6 milliard so‘mlik tenderda g‘olib chiqdi

Qashqadaryo viloyatida uch kunlik firma 2 milliard 600 million so‘mlik issiqxonalar qurish tenderida g‘olib chiqdi. Vaziyatga Monopoliyaga qarshi qo‘mita izoh berdi.

Qo‘mita tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tender o‘tkazish tartibi va buyurtmachi tomonidan imtiyozli shartlar taqdim etilishi buzilishi holatlari aniqlangan.

Xususan, «NXS CTROYBADMETALL» MChJ va «TURNOVERPRICE» MChJ tomonidan kerakli xujjatlar (issiqxona qurish bo‘yicha ish tajribasi, qurilishda ishlatiladigan materiallar ro‘yxati) taqdim qilinmagan bo‘lsada ularga asossiz yuqori ballar berilganligi ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda xarid komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lmagan holda qonunchilikka zid ravishda qaror qabul qilingan.

Yuqoridagilarga asosan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda ish qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilgan deb topildi va tanlov savdolarining qarorlarini bekor qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tanlov o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. Bugungi kunda qarorlar bekor qilindi va qayta tanlov o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring