Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda YPX xodimi ishdan olindi

Qashqadaryoda YPX xodimi ishdan olindi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqda «Qashqadaryo gailaridan navbatdagi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani haqida IIV YHXBB axborot xizmati tomonidan xabar berilgan edi.

Mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB maxsus otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori serjant J.Qosimov o‘z bildirgisiga ko‘ra «egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi» chorasi qo‘llangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring