Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi tug‘ruq kompleksida ayol bemor vafot etdi

Qashqadaryodagi tug‘ruq kompleksida ayol bemor vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryodagi tug‘ruq kompleksida ayol bemor vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lumot bergan. 

Koson tumanida tug‘ruq kompleksida ayol kishining ahvoli og‘irlashib, vafot etgani holati yuzasidan hozirda Koson tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Tekshiruvning borishi alohida nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring