Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

Yig‘ilishda yo‘l va infratuzilma masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
«G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» yo‘lining viloyatdan o‘tgan 100 kilometrini rekonstruksiya qilish hisobiga hududning tranzit salohiyatini 3 karra oshirish mumkin. Bu loyihaga Qarshi shahridagi yangi aylanma yo‘lning qolgan 13 kilometri ham qo‘shilsa, aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan tirbandlik masalasi hal bo‘ladi. Mutasaddilarga bu borada kelgusi yildan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Shuningdek, «Qarshi–Shahrisabz–Kitob» magistral yo‘lining 106 kilometrida rekonstruksiyani boshlab, 4 tasmagacha kengaytirish, Qamashi va Yakkabog‘ markazidan aylanib o‘tadigan 34 kilometrli yangi yo‘l qurilishini ham boshlash vazifasi qo‘yildi.
Ushbu 106 kilometr yo‘lning ikki tomoniga kamida 1 millionta daraxt ekib, «yashil belbog‘» barpo etish zarurligi qayd etildi.
«Toshkent–Termiz» yo‘lining Qashqadaryo hududidan o‘tgan 60 kilometri ham 4 tasmali qilinib, sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi. Joriy yilda bu yo‘lning 20 kilometrini qurib bitkazish topshirildi.
Qashqadaryoda 3 ming kilometr tuproq qoplamali yo‘l bor. Mutasaddilar oldiga bu yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Viloyatdagi 9 ta ko‘prikni to‘liq ta’mirlashga topshiriq berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter