Qashqadaryodagi yagona ayol hokim ishdan bo‘shadi

Maqsuda Mustafoyeva
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva ishdan ketdi. Bu ma’lumotni viloyat hokimligi axborot xizmati tasdiqladi.
U 2020-yil mart oyidan buyon Qarshi tumanini boshqarib kelayotgandi.
Qayd etilishicha, M.Mustafayeva o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan. Yaqin kunlarda tuman kengashi yig‘ilishida yangi hokim saylash masalasi ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda bir qancha hokimlar ishdan olinishi bo‘yicha tarqalgan xabarlar hokimlik tomonidan inkor qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter