Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda buxorolik YPX xodimi og‘ir ahvolga tushdi

Qashqadaryoda buxorolik YPX xodimi og‘ir ahvolga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryoda reyd tadbirlarida ishtirok etgani kelgan Buxoro viloyati YPX xodimini mashina urib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati IIB JXX YHXB YPX bataloni birinchi safarbar guruhi YPX inspektori safdor M.M. IIV tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, Qashqadaryo viloyatida jamoat tartibini saqlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida maxsus reyd tadbiriga jalb qilingan.

30-iyun kuni soat taxminan 10:50 larda, taqsimotga asosan Qarshi tumani «Navoiy» MFY hududida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida, shu yo‘lda Qarshi tumani «Navoiy» MFYda yashovchi fuqaro M.M. Nexia-3 avtomashinasini davlat raqami belgisi yechilgan holatda boshqarib kelgan.

Uning huquqbuzarligini ko‘rgan YPX inspektori haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi YPX xodimi talablariga bo‘ysunmasdan avtomashinasining old tomoni bilan inspektorni urib yuborgan. Oqibatda inspektor tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida huquqbuzar M.M. qonuniy tartibda ushlangan. Holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring