Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaynotasining uyini nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan kelinning o‘zi firibgarga chuv tushdi

Qaynotasining uyini nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan kelinning o‘zi firibgarga chuv tushdi

Foto: «Zen.yandex.com»

2020-yilning iyun oyida 26 yoshli Aliya R. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Paxtazavod» MFYda o‘zining mahalladoshi 47 yoshli Nasiba D.ga notariusda ishlaydigan tanishlari borligini, qaynotasining nomida bo‘lgan xonadonni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan uy hujjatlari va 6 485 000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Aliya R. 39 yoshli Barchinoy N.ning ham ishonchiga kirib, unga bankda ishlovchi tanishlari orqali kredit olib berishni va’da qilib, 600 000 so‘m pul mablag‘ini olib, ushbu pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Aliya R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, hozirda ushbu Aliya R.dan boshqa jabrlangan shaxslar bor-yo‘qligi aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring