Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi yevropalik siyosatchilar eng ko‘p maosh oladi?

Qaysi yevropalik siyosatchilar eng ko‘p maosh oladi?

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari orasida eng yuqori maosh oladi. Bu haqda VSquare portali yozmoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, nemis siyosatchisi yiliga 348 300 yevro yoki oyiga taxminan 29 ming yevro maosh oladi. Mutlaq ish haqi miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Avstriya kansleri Karl Nexammer egalladi. Kuchli uchlikni Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden yakunlaydi.

Hisobotda qayd etilganidek, Shols o‘rtacha Germaniya fuqarosidan 5,9 barobar ko‘p maosh oladi.

VSquare shuningdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida o‘z mamlakatidagi o‘rtacha maoshga nisbatan eng yuqori maoshni olishini yozgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso va Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring