Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi hududlarda elektr ta’minoti tiklangani aytildi

Qaysi hududlarda elektr ta’minoti tiklangani aytildi

Foto: Xabar.uz

Respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot (2022-yil 26-yanvar, soat 04:00 holatiga) berildi.

Unga ko‘ra:

  1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
  2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30%, Xonabod 100%, Qo‘rg‘ontepa 10% mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
  3. Buxoro viloyati — Qorako‘l, Qorovulbozor, Olot va Peshku tumanida 100 %, Buxoro shahar va tumani 100%, Vobkent tumani 20%, Romitan tumani 100 %, Jondor tuman 100%, Kogon tuman 100% elektr ta’minoti mavjud;
  4. Jizzax viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;
  5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% i ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
  6. Navoiy viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;
  7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 60% elektr ta’minoti mavjud;
  8. Samarqand viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;
  9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Angor tumani 5%, Mizrobod tumani 5%, Jarqo‘rg‘on qiziriq 5%, Qiziriq tumani 5%, Sho‘rchi tumani 10%, Sherobod tumani 5%, Oltinsoy tumani 70% elektr energiyasi mavjud;
  10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangiyer 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 60%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 19%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100% elektr energiyasi mavjud;
  11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 80%, Zangiota tumani 25%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Yangiyo‘l tuman 5% elektr ta’minotiga ulangan;
  12. Farg‘ona viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;
  13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi;
  14. Toshkent shahri — elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring