Qaysi hududlarda yangi korxonalar ko‘proq?
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–may oylarida 37 ming 615 ta yangi korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 ming 95 taga ko‘paygan.
Yangi tashkil etilgan subyektlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilikni saqlab qoldi. Poytaxtda besh oy davomida 8 ming 102 ta yangi korxona va tashkilot faoliyat boshlagan.
Ikkinchi o‘rindan Toshkent viloyati joy olgan bo‘lib, bu yerda 3 ming 932 ta yangi subyekt tashkil etilgan. Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati — 3 ming 205 ta va Samarqand viloyati — 3 ming 62 ta ko‘rsatkich bilan qayd etildi.
Farg‘ona viloyatida 2 ming 708 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 ming 362 ta yangi korxona va tashkilot tashkil qilingan. Jizzax viloyatida mazkur raqam 2 ming 165 tani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatida 2 ming 106 ta, Andijon viloyatida esa 2 ming 83 ta yangi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Buxoro viloyatida 1 ming 992 ta, Namangan viloyatida 1 ming 917 ta yangi korxona tashkil etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ming 702 ta, Navoiy viloyatida 1 ming 276 ta va Sirdaryo viloyatida 1 ming 3 ta yangi korxona hamda tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter