Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qazilmagan quduqning puli qaysi quduqqa tushdi?

Qazilmagan quduqning puli qaysi quduqqa tushdi?

Andijon viloyati Asaka tumanida ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdorlari o‘zaro til biriktirib, fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish maqsadida budjet mablag‘lar hisobidan artezian quduqlarni qazish va ta’mirlash ishlari uchun loyiha hujjatlarini qo‘lga kiritgan.

Dastlab, birinchi quduq qazib berilgan bo‘lsa-da, ikkinchi quduq qazib bitkazilmasidan o‘sha hududdagi fermer xo‘jaligi tomonidan qazilgan quduqni yangi qazilgan deb hujjatlar soxtalashtirilgan. Shuningdek, budjet mablag‘laridan 120 mln so‘m o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi tomonidan huquqbuzarlarning biriga axloq tuzatish ishlari jazosi va biriga jinoiy jarima jazosi tayinlangan.

Hozirda Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan javobgar shaxsdan 30 mln so‘m miqdorda jinoiy jarima pullari undirilib, davlat budjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring