Qibraydagi «daraxtkesarlar ishi»ni IIB o‘rganadi – Ekoboshqarma

Bir muddat oldin Toshkent viloyati Qibray tumanida tuman hokimligi boshchiligida «hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun» daraxtlar kesilgani haqida xabar e’lon qilingan edi.
Toshkent viloyati Ekoboshqarmasi «Xabar.uz»ga holat joyiga chiqib o‘rganilgani va «noma’lum kishilar jami 10 tup daraxtni kesgani aniqlangani»ni bildirdi.
«Bu bilan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunning 34-moddasi talablarini buzganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Hukumatning 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan, o‘simlik dunyosiga 39 mln 758 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisob-kitob qilindi», – deyiladi viloyat Ekoboshqarmasi munosabatida.
Shuningdek, daraxtlarni kesgan noma’lum fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Qibray tumani Ichki Ishlar bo‘limiga xat bilan murojaat qilingani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter