Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga topshirildi

Qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga topshirildi

Foto: «Vashi Novosti»

Rossiya Federatsiyasida qo‘lga olingan 50 yoshli Sulaymon Sharipov ismli shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda «Vecherniy Kurer» nashri xabar berdi. 

Sharipov huquq tartibot organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism «b» bandida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2017-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

U 2012 va 2013-yillarda O‘zbekiston hududida avvaldan til biriktirgan holda yer uchastkalarini sotish taklifi bilan odamlarni aldab, 3 mln so‘m va 10 ming AQSh dollaridan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritishda ayblanmoqda.

2018-yilning iyulida xalqaro qidiruvdagi shaxs huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan Moskva metropolitenida qo‘lga olingan.

Ekstraditsion tekshiruvlar natijasida uni O‘zbekistonga topshirishga qaror qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring