Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi «EQUINOX» jarima maydoniga qo‘yildi

Qidiruvdagi «EQUINOX» jarima maydoniga qo‘yildi

Foto: Xabar.uz

300 million so‘mdan ortiq bank qarzdorligi to‘lovidan “qochib” yurgan fuqaro R.B. ga nisbatan sud qarori chiqdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 19.01.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, ATB “Hamkorbank” foydasiga ushbu undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan. MIBning Buxoro viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimovning “Xabar.uz”ga bildirishicha, undiruv qarzdorning avtomashinasiga qaratilgan. Biroq, R.B.ga tegishli qora rangli, 2022 yilda ishlab chiqarilgan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasi o‘z-o‘zidan “g‘oyib” bo‘lgan. Qidiruv bir necha oy davom etgan. 

“Shundan keyin majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki hisoblangan avtotransport vositasiga nisbatan ta’qiq o‘rnatildi. Qidiruvdagi avtotransport vositasini topish qidiruv xodimlari uchun osmon kechmadi. Chunki avtomashinani qarzdor o‘zining tanishi Ch.V.ga biror-bir hujjatlarsiz bergan. Tanishi esa avtomashinani ko‘p hollarda davlat raqam belgisiz boshqarib yurgan. Shuningdek, yo‘l-harakati qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha qazdor nomida 60 dan ortiq ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ish yurituvda mavjudligi aniqlandi. Ma’muriy jarimalarni bartaraf etish uchun qarzdorga muddat berildi. Uning tomonidan to‘lov bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina sotish uchun onlayn- auksion savdolariga chiqariladi",-dedi Ixtiyor Olimov.

Qidiruvdagi avtomashina tanishining uyidan davlat raqam belgisiz holatda topilgan va belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring