Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz OTMdan o‘zbek OTMga «perevod» qilish narxi qancha?

Qirg‘iz OTMdan o‘zbek OTMga «perevod» qilish narxi qancha?

Farg‘ona shahrida 2021 yilning yanvar oyi boshlarida M.D. ismli ayol tanishi S.Sh.ning o‘qishini Qirg‘izistondagi Tibbiyot universitetidan O‘zbekistonga ko‘chirib berishini aytib, jami 2200 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring