Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda O‘zbekiston yordami bilan qurilgan 200 o‘rinli shifoxona ochildi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston yordami bilan qurilgan 200 o‘rinli shifoxona ochildi

O‘zbekistonning ko‘magi bilan Qirg‘izistonda 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurib bitkazildi, deya yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. 

Vazirning birinchi o‘rinbosari A. Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib qaytgan. 

O‘zbekiston delegatsiyasi Botken viloyati Qadamjay tumani Markaziy tuman kasalxonasida bo‘ldi. U yerda Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev va Qirg‘iziston hukumatining boshqa vakillari ishtirokida shifoxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Ikki tomonlama muloqotlar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, shu jumladan, COVID-19ga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar yuqumli kasalliklarni davolash, tashxislash va oldini olish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar» - deyiladi SSV xabarida.

Avvalroq, O‘zbekiston koronavirus sabab Qirg‘izistonga gumanitar yordam jo‘natgani xabar berilgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring