Qirg‘izistondagi zilzila Andijon viloyatida ham sezildi

25-iyulga o‘tar kechasi Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Epitsentr Jalolobodda sezilish kuchi 3 ballni tashkil etdi. Uning kuchi Andijon viloyatining Paxtaobod, Izboskan, Andijon va Jalaquduq tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi.
Yer silkinishi magnitudasi — 3,6. Chuqurligi — 15 km.
21-iyulda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan 4 balli zilzila kuchi O‘zbekistonda, jumladan, Andijonda sezilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter