Qirg‘izistondan 20 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni olib kirganlar ushlandi

Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi ikki fuqaro (1991 va 1993-y.t.) qo‘lga olingan.

Ulardan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter