Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qirq ming dollar to‘lasangiz AQShga eltib qo‘yamiz...»

«Qirq ming dollar to‘lasangiz AQShga eltib qo‘yamiz...»

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqandda fuqarolarni aldov yo‘li bilan Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga noqonuniy yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Samarqand tumanida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan X.D. AQShda istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi 1978yilda tug‘ilgan X.J. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroni $40 ming evaziga, aylanma yo‘llari orqali AQShga yuborishni va’da qilib, oldindan kelishilgan mablag‘ning $5 mingini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring