Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta terimi bo‘yicha narxlar haqidagi xabarlarni rad etdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta terimi bo‘yicha narxlar haqidagi xabarlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari e’lon qilindi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, paxta terimi uchun to‘lov narxlari har yili mavsum boshlanishi munosabati bilan, muayyan bir muddatda belgilanadi va bozor tamoyillarini hisobga olgan holda hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Terimning har bir turi uchun alohida narx belgilanadi, so‘ng barcha OAV orqali e’lon qilinadi.

«Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish lozimligiga chaqirib qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring