Qishloq xo‘jaligida loyihalarni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etilyapti
2023-yil 15-apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi huzuridagi «Agroservis operator» DUK orqali tashabbuskorlarga loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Bu haqda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari Sherzod Mirkomilov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan maxdulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yunalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga takdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali «Agroservis operator» DUKka yetkaziladi.
Bunda:
- Agentlik «Agroservis operator» DUK bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishloq xujaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi;
- Oziq-ovqat va qishlok, xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi.
«Agroservis operator» DUK mazkur mablag‘lar hisobidan intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika ob’yektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar; laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablag‘lar:
- milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSh dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
- xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qo‘shilgan holda taqdim etiladi.
2023-yil 1-iyunga qadar paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat ko‘rsatish uchun «Agroplatforma» axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-maydan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan jismoniy shaxslar qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, mol go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i tovarlarning chakana savdo obektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.
Vazirlik mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jahon bankning «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida jalb qilingan 130 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltiradi.
Ushbu tizim orqali moliyalashtiriladigan loyihalar tijorat banklari ishtirokisiz amalga oshiriladi hamda garov ta’minoti talab etilmaydi.
Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter