Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziriqning sobiq hokimi Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha sudlanmoqda

Qiziriqning sobiq hokimi Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha sudlanmoqda

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uch oydan beri Termiz shahar 9-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan sobiq hokimga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan. Gazeta.uz ish jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida, ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilayotgani, navbatdagi sud 3 noyabrga belgilangani haqida yozdi.

Nashrga ko‘ra, Rustam Pardayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ayblanmoqda:

  • 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
  • 168-moddasi (Firibgarlik);
  • 209-modda (Mansab soxtakorligi);
  • 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish).

2006 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, muqaddam «Mikrokreditbank» ATB Jarqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi va viloyat filiali boshlig‘i, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat investitsiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan Rustam Pardayev 2020 yili Denov tumani hokimi, 2022 yilning 31 yanvarida esa Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangandi.

Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov 2022 yilning 26 dekabrida lavozimidan ozod qilinganidan ko‘p o‘tmasdan viloyatning 13 tumani hokimi qatorida Rustam Pardayev ham ishdan bo‘shatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring