Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

QLED-televizorlarning «pilus-minuslari»

QLED-televizorlarning «pilus-minuslari»

Foto: Home-Tehno

Eng yaxshi televizorlar — QLED-televizorlar, deyishadi ko‘plar. Qo‘shilamiz, ular haq, ammo eng mukammal (hozircha) texnologiyaga ega ushbu televizorlar ham ayrim minuslardan xoli emas

Avvalo televizorning afzalliklari haqida — QLED ekranlar yorqin va tiniq tasvirni bera oladi:

Tasvir sifati. Juda ham real tasvirga ega bo‘lasiz. Yorqinligi, ranglarining boyligi, qora rang chuqurligi a’lo darajada.

Ko‘rish burchagi kengligi. Shuning uchun ham QLED-televizorlar ko‘pchilik bir bo‘lib tomosha qilishi uchun ajoyib tanlov.

Uzoq xizmat qilishi, kuygan piksellardan xoliligi. Buning sharofati bilan kamida 10 yil sizga beminnat xizmat qiladi.

QLED-ekranlarning ikkita kamchiligi bor:

Ost yorug‘lik (podsvetka) muammosi. Ayniqsa, qoramtir tusli videolarni ko‘rishda bu seziladi.

Qora rangning yetarlicha to‘yinmagani. QLED-ekranlardagi kvant nuqtalar to‘liq (100 foiz) qora tasvirni berolmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring