Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoamiz yana bir yo‘qotishga uchradi. Qolganlarda ishonchli g‘alaba

Jamoamiz yana bir yo‘qotishga uchradi. Qolganlarda ishonchli g‘alaba

Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik Sagindik Togambayni mag‘lub etdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida jahon chempionatidagi ikkinchi yo‘qotish yuz berdi. -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

O‘zining birinchi jangida barchada yorqin taassurot qoldirgan hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov esa navbatdagi raqibidan ustun keldi. -92 kg vazn toifasida qatnashayotgan Lazizbek bu gal gruziyalik Giorgi Tchiladzeni muxlislar qatoriga kuzatib qo‘ydi.

O‘zining ajoyib harakatlari bilan -60 kg vazn toifasidagi janglarni «yondirayotgan» Mujibillo Tursunov uchinchi jangni ham muvaffaqiyatli yakunladi. Marokashlik Muhamed Hamutga qarshi ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz ushbu g‘alabasi bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shohjahon Abdullayev (-86 kg) yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qozog‘istonlik Sagindik Togambayga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Bugun ham boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, barcha hamyurtlarimizning ishtiroki B ringiga to‘g‘ri keladi. Juftliklar bilan tanishing:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Erislan Romero (Kuba) 🇨🇺 (B ring, 14:15 dan so‘ng)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Gabriyel Llanos (Puerto-Riko) 🇵🇷 (B ring, 14:55 dan so‘ng)

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Ariol Zeneli (Albaniya) 🇦🇱 (B ring, 18:25 dan so‘ng)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Kiril Samadurau (Belarus) 🇧🇾 (B ring, 19:10 dan so‘ng)

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Almir Memich (Serbiya) 🇷🇸 (B ring, 20:10 dan so‘ng)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring