Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi (foto)

Qo‘qonda Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida Davlat xizmatlari markazi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bino zamonaviy talablarga mos ravishda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega.

Davlat xizmatlari agentligidan «Xabar.uz» portaliga xabar berishlaricha, markazda barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan ona va bola xonasi, oshxona, bolalar maydonchasi, bank shoxobchasi, elektron navbat, hordik chiqarish uchun qulay va yumshoq o‘rindiqlar tashkil qilingan. 

Muhimi, davlat-xususiy sheriklik asosida binoni barpo etishda ishtirok etgan tadbirkorga ham talaygina imtiyoz va qulayliklarni yaratiladi. Jumladan, prezident qaroriga muvofiq bu sohada tashabbuskor tadbirkorlar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslarning daromad solig‘idan (loyiha doirasida) 5 yilga ozod etiladi. 

Bundan tashqari, tadbirkorlar 5 yil imtiyozli muddat bilan 10 yilga tijorat banklaridan kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Markazning xushmuomala xodimlari aholiga tezkor, qulay, shaffof xizmatlarni ko‘rsatishga shay.

Ma’lumot tariqasida, aynan ushbu markazda fuqarolarimizga 1 iyundan boshlab sinov tariqasida joriy etilayotgan yana qo‘shimcha 31 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring