Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda «Hizb ut-Tahrir»ning yashirin guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda «Hizb ut-Tahrir»ning yashirin guruhi a’zolari ushlandi

Videodan skrinshot

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi.

Qo‘qon shahrida yashovchi, 1962-y.t., muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lib, Jinoyat kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000–2019-yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxs 1965–1971-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.

Videodan skrinshot

2024-2025-yillar davomida Qo‘qon shahridagi choyxona va oshxonalarda o‘tkazilgan o‘zaro yig‘inlarda guruh a’zolari «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalari O‘zbekistonga olib kirilishini, ushbu tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Shuningdek, Telegram messenjeridagi yopiq kanalga a’zo bo‘lib, unda «Hizb ut-Tahrir»ga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borishgan.

Guruhning 1971-y.t. a’zosi ham muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotidagi ishtiroki uchun 23 yillik jazo muddatini o‘tab, 2024-yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan bo‘lsa, boshqa bir a’zosi esa firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun umrining ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan shaxs hisoblanadi.

Videodan skrinshot

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring