Qor kurashda ehtiyot bo‘ling!
Amerika kardiologlar uyushmasi qor kurashda ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Tadqiqotlar qor kurayotganda yurak xuruji ro‘y berishi yoki kutilmaganda yurak urishdan to‘xtab qolishi ehtimoli kattaligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, jismoniy mehnat bilan muntazam shug‘ullanib yurmaganlar ehtiyot bo‘lishlari shart.
«Yo‘lakdagi qorni kurab tashlash, bir qarashda, juda osondek tuyuladi. Biroq o‘rganishlar ko‘rsatishicha, qor kurash chog‘i yurakka tushadigan zo‘riqish yugurish yo‘lakchasidagi stress-testdagi bilan bir xil va hatto undan yuqoriroq ham bo‘lishi mumkin», — tushuntirishdi tadqiqotchilar.
Kuzatuvlarga ko‘ra, qor yoqqan paytlarida yurak xuruji bilan shifoxonaga keltirilgan erkaklar soni 16 foizga oshgan.
Ikki kishi qor kurash paytida yuragiga zo‘riqish tushib vafot etgani haqida yozgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter