Qoraqalpog‘istonda yangi shamol elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda «Nukus-2» deb nomlangan yirik shamol energetikasi loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida 51 million dollarlik kredit paketini imzolash marosimida ma’lum qilindi.
Loyiha doirasida quvvati 200 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi va 100 megavatt-soat hajmga ega akkumulyatorli energiya saqlash tizimi barpo etiladi. Bu Markaziy Osiyoda akkumulyatorli tizimga ega birinchi shamol energiyasi ob’yekti bo‘ladi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati 727,9 ming megavatt elektr energiyasi bo‘lishi aytilayotgan «Nukus-2» loyihasidan CO₂ gazi chiqindisini yiliga 406,2 ming tonnagacha kamaytirish hamda qurilish va ekspluatatsiya bosqichlarida 200 dan ortiq yangi ish joyi yaratilishi kutilyapti.
OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakili Kanokpan Lao-Arayaning ta’kidlashicha, mazkur loyiha mamlakatning «past uglerodli energetika» sari yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, joriy yil O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligiga 30 yil to‘lmoqda. Shu vaqt mobaynida bank mamlakatga jami 14,3 milliard dollarlik kreditlar, grantlar va texnik yordam taqdim etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter