Qoraqalpog‘istondagi ayanchli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
2023-yil 4-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududida «A» ismli fuqaro «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotganida shu yo‘lning 960-961 kilometrida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Mersedes-Benz yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada odam o‘limi bilan bog‘liq og‘ir oqibatli YTH sodir bo‘lgan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, hodisa oqibatida 5 kishi vafot etgan. Ularning ikkitasi erkak, uchtasi esa ayol kishi bo‘lgan.
Holat yuzasidan hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV qoshidagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-bo‘lim «a» (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter