Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi matbuot xizmati

Joriy yilning 20-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi, Ellikqal’a tumanida yashovchi S.Bning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabarida aytilmoqda.

Yong‘in tufayli uyning tomi, 165 kvadrat metr maydondagi jihozlar va «VAZ 3106» mashinasi yonib ketgan. Mazkur hodisani bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in xavfsizligi ekipaji jalb etilgani ma’lum qilindi.

Olovni o‘chirishda uy egalarining 4 nafari murdasi topilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring