Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning  Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda "Berdaq" nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring