Qo‘shnisining yuragidan taom tayyorlagan qotil 3 yilda ozodlikka chiqdi
Amerikaning Oklaxoma shtatida uch kishining qotilligida gumon qilingan Lourens Pol Anderson qo‘shnisini o‘ldirib, ovqat pishirish uchun yuragini sug‘urib olganini tan oldi. Bu haqda shtat tergov byurosiga asoslanib «Oklahoman» gazetasi xabar berdi.
Anderson qo‘shnisi, shuningdek, amakisi va to‘rt yoshli qizchasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Gazetaning xabar berishicha, ayblanuvchi o‘z xolasiga ham pichoq bilan jarohat yetkazgan. Lekin ayol tirik qolgan.
«U jinlarni haydash maqsadida oilasiga odam yuragi va kartoshkadan taom tayyorlab bergan», — deydi Oklaxoma shtati tergov byurosi agenti.
Gazetaning yozishicha, Lourens 2017 yilda giyohvand moddalarni iste’mol qilganligi hamda qurolga noqonuniy egalik qilgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik muddat 9 yilgacha qisqartirilgan, ammo Lourens 3 yildan keyin ozod qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter