Qosim-Jo‘mart To‘qayev «o‘zbekistonlik oligarxlar» haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 29 yanvar kungi chiqishida mamlakat va qo‘shni O‘zbekistonning badavlat kishilarini o‘zaro solishtirdi.
«Shu o‘rinda men O‘zbekistondan tashqarida ko‘p pul ishlab topgan, ammo tarixiy vataniga kelib, mamlakat prezidentidan ko‘rsatma berishni so‘ragan o‘zbekistonlik boylarni qiyoslayman: «Biz o‘zbek xalqi uchun nima qila olamiz, qanday yordam ko‘rsatish kerak, deydi ular. Va o‘z mablag‘lari hisobidan shifoxonalar quradilar, infratuzilma bunyod etadilar.
Bu o‘zbek oligarxlari deb atalmish boylar va o‘z vataniga shu yerda, qolaversa, xorijdan turib hujum qiladigan oligarxlar o‘rtasidagi katta farq»,—deya qozog‘istonlik boylarni tanqid qilgan To‘qayev.
Eslatib o‘tamiz, To‘qayev prezidentlikka ikki muddatdan ortiq saylanmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter