Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston 9 may tadbirlaridan voz kechmoqda

Qozog‘iston 9 may tadbirlaridan voz kechmoqda

Foto: akorda.kz

Qozog‘istonda 2023 yilda harbiy parad o‘tkazish rejalashtirilmagan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mudofaa vazirligi «budjet mablag‘larini tejash, shuningdek, boshqa muammolarni hal qilish zarurati sababli» harbiy parad rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

«Jumladan, Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi va harakatchanligini talab darajasida saqlash ustuvor vazifadir», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, «7 va 9 mayga qadar boshqa tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yaqin kunlarda vazirlik saytida e’lon qilinadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada «O‘lmas polk» yurishi joriy yilda o‘tkazilmasligi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring