Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston O‘zbekistonga norozilik notasini yubormaydi

Qozog‘iston O‘zbekistonga norozilik notasini yubormaydi

Foto: zakon.kz

Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘zbek hamkasblariga O‘zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yuborishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

QR TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Turkiston viloyati yaqinida suv toshqiniga yo‘l qo‘ygani tufayli O‘zbekistonga norozilik notasi yubormaydi.

«Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi va natijada Turkiston viloyatidagi bir qator aholi punktlarini suv bosishi bilan bog‘liq vaziyat hukumating alohida nazorati ostida. Ma’lumki, shu yil 2 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgandi. Suhbat chog‘ida tomonlar mavjud vaziyatni jiddiy muhokama qilishib, ikki mamlakat hukumatlarining o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi to‘g‘risida kelishib oldilar», dedi Aybek Smadiyarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilinayotgani tufayli O‘zbekistonga nota yuborish masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan.

«Turkiston viloyati hokimi O‘zbekistonning qo‘shni viloyatlariga bordi va o‘zbek tomoni bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uning natijalari bugungi hukumat yig‘ilishida xabar qilindi. Ma’lumki, ushbu masalada Hukumat komissiyasi tuzilgan va unga bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar boshchilik qilmoqda. Ertaga u hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun Turkiston viloyati va O‘zbekistonga boradi», – deya qo‘shimcha qildi spiker.

Aybek Smadiyarov, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi barcha aloqalar mavjud normalariga to‘la mos ravishda amalga oshirilayotganiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring