Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi

Qozog‘istonda 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi

Bugun erta tongda Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati yaqinida Qarabas o‘tkazish yo‘lida 14 ta yuk vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda NUR.KZ xabar berdi.

«17-noyabr kuni soat 06:15 da Qarag‘anda viloyatining Qarag‘anda-Sortirovochnaya-Akadir uchastkasining Qarabas – OP 767 yo‘lida 14 ta vagon yuk poyezdida relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q», – deyiladi xabarda.

Mazkur uchastkada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, relsdan chiqib ketish xususiy mulkdorlarga tegishli vagonlarning nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Qurbon bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring