Qozog‘istonda «O‘lmas polk» yurishlariga taqiq: ruxsatsiz yurishlar uchun jazolar bilan tahdid qilinmoqda

Qozog‘istonda «O‘lmas polk» aksiyasi atrofida janjal yuzaga keldi. Rasmiylar bu yurishlarni ruxsatsiz miting deb baholab, ishtirokchilarga jarima va hibsga olish bilan tahdid qilmoqda.
Rasmiylar shaharlarda bo‘sh joy yo‘qligini vaj qilib, yurishlar noqonuniy ekanini aytmoqda. Asosan rus tilida so‘zlashuvchi Pavlodar va Petropavlovskda rasmiylar aksiyani internetda o‘tkazishni va frontchilarning fotosuratlarini maxsus LED ekranlarga joylashtirishni taklif qilgan.
Olmaotalik faollar prezident Tokayevga murojaat qilib, «g‘alaba merosxo‘rlari» sifatida yurish o‘tkazishga ruxsat so‘rashdi. Ular sovet ramzlarida yomonlik yo‘qligini ta’kidladi.
Ba’zi shaharlarda, rossiyalik ko‘ngillilar aholiga pul evaziga aksiyada qatnashishni taklif qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bannerlarda esa urushdagi g‘alaba faqat «ruslar» hissasiga yozilgan, boshqa millatlar tilga olinmagan. Bu esa jamoatchilik va deputatlarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, harbiy paradlar ba’zi shaharlarda bekor qilingan bo‘lsa-da, Ostona maydonida harbiy texnika yurishi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter